O‘zbekiston o‘smirlari Osiyo chempioniga aylandi

Saudiya Arabistonining Toif shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi finali bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.
Birinchi bo‘limning 40 va 45 daqiqalarida ikki nafar futbolchimiz maydondan chetlatildi.
Biroq ikkinchi taymda O‘zbekiston termasi gol urishni uddasidan chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Muhammad Hakimov penaltidan gol urdi. 70-daqiqada Sadriddin Hasanov hisobni 2:0ga yetkazdi.
Shu tariqa O‘zbekiston o‘smirlari Osiyo chempioniga aylandi.
U-17 Osiyo chempionati. Final
O‘zbekiston U-17 2:0 Saudiya Arabistoni U-17
Gollar: Hakimov 51(p), Hasanov 70.
O‘zbekiston U-17: 21 Ne’matullox Rustamdjonov, 4 Mo‘minxon Baxodirxonov, 6 Miraziz Abdukarimov, 7 Sadriddin Xasanov(Rustamov), 9 Nurbek Sarsenbayev, 10 Muxammad Xabibullayev(Murodov), 11 Sayfiddin Sodikov(Aliyev), 15 Muxammadali Musaxanov, 18 Abubakir Shukurullayev(Saidmurodov), 19 Azizbek Erembetov(Abdumo‘minov)
Arabistoni U-17: 2 Yazid Xalid Aldosari, 3 Nasser Salex Al Fixani, 6 Said Muxammed Al Dossari, 9 Abdulxadi Abdu Matari, 10 Abdulraxman Muxammed Sufyan 11 Sabri Abdu Daxal, 12 Adel bin Hibah, 18 Abdulaziz Xalid Al Favaz, 20 Abubaker Abdelraxman Abakar, 21 Otaibi, 23 Tashi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter