Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan chegaralarning tutash nuqtasi to‘g‘risida bitim tuzishi mumkin

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan chegaralarning tutash nuqtasi to‘g‘risida bitim tuzishi mumkin

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida davlat chegarasi tutash punkti to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 13-mart kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan Bishkekdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotida ma’lum qildi.

«Bugun tojik-qirg‘iz chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan so‘ng, biz Sadir Nurg‘ojoyevich bilan yaqinda Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida bitim tuzishga kelishib oldik», – dedi Emomali Rahmon.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu hujjat 31-mart kuni Xo‘jand shahrida imzolanishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin ayni shu sanada uchala davlatlar birgalikda Navro‘z bayramini nishonlashi haqida xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring