Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan 6 oyda 10,3 ming nafar fuqaro turli muddatlarga qamalgan – Oliy sud

O‘tgan 6 oyda 10,3 ming nafar fuqaro turli muddatlarga qamalgan – Oliy sud

Oliy sud sudlar tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari yuzasidan axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmida sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 516 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 26 028 nafari erkak, 3 354 nafari ayol, 11 145 nafari yoshlar (shu jumladan 1 068 nafari voyaga yetmagan) va 1 105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

3 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 16 624 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 5 620 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 6 976 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

71 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Hisobot davrida ko‘rilgan jinoyat ishlarning aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bezorilik, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish hamda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring