OTB O‘zbekistonga suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash uchun 125 mln dollarlik kredit beradi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga suv resurslarini boshqarish sektorini modernizatsiya qilish uchun 125 million dollar kredit beradi.
Bu haqda OTB matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Loyiha suv ta’minoti xavfsizligini yaxshilash, iqlim o‘zgarishiga qarshi zaiflikni kamaytirish hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlarining faoliyatini yaxshilash orqali O‘zbekistonda xavfsiz va ishonchli suv ta’minotidan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Bunga aktivlarni boshqarish va xizmatlar ko‘rsatish barqarorligini yaxshilash uchun aqlli (IT) yechimlari asosida suv boshqaruvi tizimlarini yangilash hamda xavfsiz va ishonchli suv ta’minoti korxonalarida xodimlarning institutsional salohiyatini, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatishda ayollarning rolini kuchaytirish, yanada samarali qarorlar qabul qilishni ta’minlash orqali erishish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, ushbu loyiha «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallariga suvdan foydalanishning muhim ob’yektlarida suv sarfini hisobga olish va telemetriya tizimini o‘rnatishni yakunlashda ko‘mak beradi.
Bundan tashqari, 4 mln iste’molchi bo‘lgan mavjud suv ta’minoti va oqava suv infratuzilmalari uchun ob’yektlar inventarizatsiyasi o‘tkaziladi hamda geografik xaritalar tayyorlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter