Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqcha narsalarni sotib olish uchun ko‘p ishlaymizmi? Yoxud yana minimalizm haqida

Ortiqcha narsalarni sotib olish uchun ko‘p ishlaymizmi? Yoxud yana minimalizm haqida

foto: Ilya Snopchenko / IA «Dialog»

Instagramda ayniqsa «choyshab» ranglardagi minimalist akkauntlar so‘nggi bir necha yil ichida deyarli standart hisoblangan. Ularning shiori: «Kamroq sotib oling, lekin sifatliroq».   

Nima uchun ba’zilar minimalizmni juda yaxshi ko‘radilar? Va boshqalar, aksincha, undan nafratlanadimi? Minimalist qiz, dizayner va modeler Yulyaning hikoyasini tinglasangiz, ozginayu sozginaga qanoat qilayotganini va bu qanchalik foydali ekanligini anglaysiz:

«Men Lev Tolstoy asarlarining muxlisi emasman, lekin bolaligimda uning tarjimai holini o‘qishni, fikrlash tarzini va falsafasini o‘rganishni yaxshi ko‘rardim. Aynan shu odam meni qisman ko‘proq ko‘katlar bilan ovqatlanishga, minimalizmga, aql-idrokka va barcha tirik mavjudotlarga bo‘lgan muhabbatga olib keldi.

«O‘ziga kerak bo‘lgan narsa borligini tushungan odam chinakam baxtli bo‘ladi», deydi yozuvchi. Ha, minimalizmni aynan shunday tasvirlash mumkin.

Minimalizm faqat kerakli va quvonch keltiradigan narsadan foydalanish degani. Agar siz hayotingizni soddalashtirmoqchi bo‘lsangiz ko‘p narsadan voz keching.

Mening uyimda noqulay yoki meni bezovta qiladigan narsa yo‘q. Shuningdek, mening hayotimda noqulaylik tug‘diradigan va salbiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradigan odamlar yo‘q.

Minimalizm ham sayyorani qutqarish bilan bog‘liq. Minimalist miqdorni ta’qib qilmaydi, u sifatni kuzatib boradi va hayotidagi har bir xaridni hisobga oladi.

«Biz o‘zimizga kerak bo‘lmagan narsalarni sotib olish uchun bizga yoqmaydigan, o‘zimiz xohlamagan  ishlarga boramiz», deydi «Jang klubi» filmidagi qahramon.  

Minimalizm atrofdagi dunyoni, odamlarni, o‘zlarini va atrofidagi narsalarni qadrlashni to‘xtatganlar uchun yaratilgan. Axir qancha ko‘p narsangiz bo‘lsa shuncha qadrsiz bo‘ladi. Bugungi zamon odami o‘z hayotining sifatini tushunish uchun vaqt va kuchga ega emas. Va minimalizm bizga to‘xtash, atrofga qarash va aniq nimani xohlayotganimizni tanlash imkoniyatini beradi.

Minimalizm to‘shaksiz polda uxlash, kaftlaringizni yostiq o‘rniga yonoqlaringiz ostiga qo‘yib yotishni talab qilmaydi. Gap shundaki, minimalist faqat kerakli miqdordagi narsalarni ishlatadi va bu ozgina narsa uni baxtli qiladi. Agar unga bir dona shim kerak bo‘lsa sifatlisini tanlaydi va shuning o‘zi yetadi. Agar unga bitta osh pichoq kerak bo‘lsa, unda  bitta pichoq bo‘ladi, ya’ni eng qulayi...

Ba’zi odamlar minimalizmni hashamatli hayot tarzi deb o‘ylashadi. Lekin aslida buning aksi.

Hayotimdagi barcha narsalarni minimallashtirgandan, ya’ni ozaytirganimdan so‘ng, men o‘z uyimdagi joyni bo‘shatib, har kuni katta miqdordagi pulni tejashga erishdim. Men his-tuyg‘ularga qarab hech narsa sotib olmay qo‘ydim. His-tuyg‘ularimga quloq solmay qo‘yganimdan keyin angladimki, men uchun ko‘p narsa keraksiz bo‘lib qoldi. Men uyni bezatishga ahamiyat bermayman, shuning uchun bo‘sh joyni to‘ldirish  uchun mos haykalchani izlab do‘konga yugurishim shart emas. Kosmetika, sumkalar, kiyim-kechak va boshqa narsalarda ham xuddi shunday.

O‘smirligimdan kosmetika va kiyim-kechak do‘konlariga borishga qiziqmaganman. Men o‘zimda nimadir noto‘g‘rimikan, deb o‘ylardim, axir mening barcha tengdoshlarim faqat nimanidir sotib olishni orzu qilishardida.

Ammo biz boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tayotganimizda ko‘p narsalarimizni sotishga to‘g‘ri keldi. O‘shanda o‘ylaganman: sifatsiz va ortiqcha narsa sotib olmayman va xaridni o‘ylab qilaman. Men asta-sekin o‘zimning kiyim uslubimni topdim va endi do‘konlardagi  99 foiz chegirmalar ham meni vasvasaga sola olmaydi. Oshxonada bitta skovorodka, bitta qozon bilan yaxshi «munosabat» o‘rnata olganman va uch kishiga atigi 4 ta idish-tovoq bor. Men faqat bitta kosmetologga boraman, men faqat bitta sartaroshga boraman. Men besh yildan beri minimalizm bilan shug‘ullanaman va buni bolamga o‘rgatyapman.

Nima uchun minimalizm kerak?

Birinchidan, minimalizm insonga vaqt beradi. Odamlar kamroq ishlashlari va bir-birlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishlari mumkin. Endi tez-tez yangi xarid uchun, narsa qidirib internet titkilash va dam olish kunlarining yarmini xarid qilish uchun sarflashingiz shart bo‘lmaydi.

Minimalizm hayotimizga munosib narsami degan ko‘p bahs-munozaralar mavjud. Siz bu haqdagi kitoblardan ko‘p narsani o‘qib-o‘rganishingiz mumkin. Ular nafaqat minimalizm haqidagi barcha afsonalarni yo‘q qiladi, balki hayotingizni qanday o‘zgartirishni boshlashingizga yordam beradi.

Men hatto ovqatlanishda minimalizmga e’tibor qarataman. Shu bois chiqindi chelagimizda chiqindi deyarli bo‘lmaydi, men kiyimlarni juda kam olaman – qorong‘u moda... Lekin bu mening fikrim va hayot haqidagi talqinim. Men bu haqda ovoza qilishni yoki hech kimga biror narsani isbotlashni xohlamayman.

Minimalizm – bu dunyo va tabiatga yordam beradigan muhim, yorqin narsa. Agar hammamiz bir qayiqda bo‘lsak, nima uchun bahslashamiz?»

Siz-chi? Siz ham ozginayu sozgina hayot tarziga o‘tish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring