Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq ayiqlar qachon paydo bo‘lgani aniqlandi

Oq ayiqlar qachon paydo bo‘lgani aniqlandi

Foto: Depositphotos

Daniyaning Kopengagen universiteti olimlari oq ayiqlar (qutb ayiqlari) evolyusion nuqtai nazardan nisbatan yaqinda paydo bo‘lganini aniqladilar. Tadqiqot natijalari BMC Genomics ilmiy jurnalida chop etildi.

Oq ayiqlar genetik jihatdan qo‘ng‘ir ayiqlar bilan chambarchas bog‘liqligi oldingi tadqiqotlardan ma’lum edi, ammo bu turlarning qachon ikkiga ajralgani noma’lum qolayotgandi.

Oq ayiqlar jun qatlami ikki qatlamli ekani bilan qo‘ng‘ir ayiqlardan ajralib turadi, bu ularga tanasidagi issiqlikni saqlash va suvda suzgandan keyin ham quruq qolishda yordam beradi. Bundan tashqari, yog‘li go‘shtli nisbatan ko‘p yeyish ham qutb ayiqlariga zarar qilmaydi. Qo‘ng‘ir ayiqlarda bunday parhez oqibatida yurak kasalliklari rivojlanishi mumkin.

Daniyalik olimlar 119 ta oq ayiq va 135 ta qo‘ng‘ir ayiq, qolaversa, qadimgi qutb ayiqlari genomlarini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, turlar o‘rtasidagi farq 70 ming yil oldin paydo bo‘lgan.

Olimlar qutbga moslashish bilan bog‘liq yetti genni topdilar. Ulardan to‘rttasi genetik o‘zgarishlarga uchragan.

Oq ayiqlar so‘nggi muzlik davrining oxirida qutb iqlimiga moslashish uchun evolyusiyaga uchragan, degan xulosaga kelishdi olimlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring