Olimjon Abdullayev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Abdullayev Olimjon Suyunovich Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Olimjon Abdullayev ko‘p yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlagan. Hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan (2021-2024-yillar).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV rahbari o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiyaga elchi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter