Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-York meriga jiddiy ayblov qo‘yildi. Bu O‘zbekistonga ham aloqador

Nyu-York meriga jiddiy ayblov qo‘yildi. Bu O‘zbekistonga ham aloqador

Nyu-York meri Erik Adamsga beshta punkt bo‘yicha jinoiy ayblov e’lon qilindi. Bu haqda OAV sud hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.

AQShning yirik shahri meri, jumladan, xorijliklardan pora olish, elektron firibgarlik va chet ellik shaxslar tomonidan noqonuniy moliyalashtirishda ayblanmoqda. Shahar hokimiyatidan yordam va’da qilgani uchun Adamsga aviachiptalar va mehmonxonalar uchun pul to‘langan va turkiyaliklar  uning 2025-yilgi saylov kampaniyasiga xayr-ehson qilgan.

The New York Times gazetasining yozishicha, tergov nafaqat Adamsning Turkiya, balki Isroil, Qatar, Xitoy, Janubiy Koreya va O‘zbekiston bilan aloqalarini ham qamrab olgan. O‘zbekiston Adams tashrif buyurmagan yagona davlatdir.

Nyu-Yok meriga nisbatan ayblangan jinoyatlar 2015-yildan 2024-yilgacha, u shahar hukumatida turli lavozimlarda ishlagan vaqtni qamrab oladi.

Sentyabr oyi boshida FQB xodimlari Erik Adamsning ikki eng yaqin yordamchisining uylariga reyd o‘tkazdi. Merning birinchi o‘rinbosari Shina Rayt va jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosar Fil Benksning uylarida tekshiruvlar federal tergovning bir qismi edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring