«Navoiy azot» laboratoriyasida portlash sodir bo‘ldi: bir kishi halok bo‘lgan

Bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyatida joylashgan «Navoiy azot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Natijada binoda yong‘in kelib chiqqan.
Hududiy FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan.
«Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti», – deyiladi FVV xabarida.
Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter