Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NASA fazoga stansiya uchirdi. U hayot alomatlarini topishi mumkin

NASA fazoga stansiya uchirdi. U hayot alomatlarini topishi mumkin

Amerikaning NASA kosmik agentligi Yupiterning Europa yo‘ldoshini o‘rganish uchun mo‘ljallangan Europa Clipper avtomatik sayyoralararo stansiyasini fazoga uchirdi.

Europa Clipper Floridadagi kosmodromdan uchirilgan Falcon Heavy raketasi orqali koinotga olib chiqildi. Dastlab uchirish 10 oktabrga belgilangan edi, biroq «Milton» to‘foni tufayli parvoz kechiktirildi.

Europa Clipper NASAning quyosh sistemamizdagi muzli okeanlarni tadqiq qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan birinchi mashinasidir. Olimlarning fikricha, Yupiter yo‘ldoshining muzli yuzasi ostida Yerdagi har qanday okeandan ikki baravar kattaroq okean joylashgan. Unda bir hujayrali organizmlar mavjud bo‘lishi mumkin.

Stansiya Europa yo‘ldoshiga 2030 yilga qadar yetib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring