My.gov.uz mobil ilovasi reytingda yuqori o‘ringa chiqdi
Iyul oyining ilk dam olish kunlari Apple Store internet do‘koni orqali O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingida my.gov.uz birinchi o‘ringa chiqdi.
Bunga 1-iyuldan yaxshigina arzonlashgan «tonirovka» ruxsatnomasini my.gov.uz dan 10 foiz chegirma bilan oson va qulay rasmiylashtirish xizmati sabab bo‘ldi.
My.gov.uz statistikasiga qarab, aksariyat haydovchilarning dam olish kunlari avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘tdi, desa ham bo‘ladi.
Chunki my.gov.uz orqali ushbu xizmatga jami 86 mingdan ziyod arizalar kelib tushgan.
Qulayligi, ruxsatnoma olishda avvalgidek ovoragarchiliklar yo‘q.
Ma’lumot uchun, yurtdoshlarimizga my.gov.uz portali orqali 330 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyati bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter