MyGov ilovasini yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi
MyGov ilovasi tobora ko‘proq yurtdoshlarimiz e’tiborini qozonmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi! Bu o‘sishning 83% Android, 17% iOS qurilmalariga to‘g‘ri keladi.
Foydalanuvchilarimiz fikri biz uchun muhim. Ilovaning qulay va foydali ekanligi ular tomonidan yuqori baholanmoqda: Androidda 4,7 va iOSda 4,8 ball!
MyGov ilovasini nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham faol yuklab olishlar kuzatilmoqda. Eng ko‘p yuklab olishlar – Rossiya (129 ming), Qozog‘iston (15,6 ming) va Turkiya (15 ming)da.
Ilovaning ommalashishi undagi keng imkoniyatlar bilan bog‘liq. 330 dan ziyod elektron xizmatlar, 3800 dan ortiq to‘lov turlari, 10 dan ortiq xabarnoma turlari, biometrik identifikatsiya, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish va 40 dan ziyod ma’lumotnomalarni yuklab olish imkoniyati – bularning barchasi fuqarolar hayotini osonlashtirish uchun yo‘lga qo‘yilgan.
my.gov.uz – bu davlat xizmatlaridan foydalanishning eng qulay va tezkor usuli!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter