Milliarder iti, yordamchisi va oshpaziga 100 mln dollardan ko‘proq meros qoldirdi
Hindistonlik tadbirkor, milliarder Ratan Tata sevimli iti, yordamchisi va oshpaziga 100 mln dollardan ko‘proq meros qoldirdi.
Ratan Tata 9-oktyabr kuni 86 yoshida Mumbayda vafot etgan. Uning o‘limidan so‘ng so‘ng merosning katta qismi sevimli nemis ovcharkasi Tito, mulozimi va bosh yordamchisi Konar Subbiax hamda oshpazi Rajan Shouga o‘tishi ma’lum bo‘ldi. Tataning uka va singillariga merosdan ozginasi tegdi.
Ratan Tata umr bo‘yi uylanmay o‘tdi, farzandlari yo‘q.
Vasiyatnomada yozilishicha, Tito (it)ga «cheklanmagan g‘amxo‘rlik» ko‘rsatilishi shart. Milliarder hayotligi hayvonlarga o‘zgacha mehri bilan nom qozongandi.
Ratan Tata faoliyatini 1967-yilda oilaviy TISCO (hozir Tata nomi bilan mashhur ) korxonasida boshlagan. 1991-yildan oilaviy biznesni o‘z qo‘liga oldi, tuz va po‘lat bilan shug‘ullanuvchi korxona uning davrida 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan biznes imperiyaga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter