Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metro vagonida ayolni yoqib yuborgan shaxs hibsga olindi

Metro vagonida ayolni yoqib yuborgan shaxs hibsga olindi

Nyu-York politsiyasi yakshanba kuni ertalab Bruklindagi «Koni-Aylend — Stiluell-avenyu» bekatida metro vagonida ayolni yoqib yuborgan shaxsni hibsga oldi. Ayol olgan jarohatlaridan vafot etdi.

Politsiya komissari Jessica Tishning ma’lum qilishicha, hujum ertalab soat 7:30 da sodir bo‘lgan. Shu payt noma’lum shaxs vagonda uxlab yotgan ayolga yaqinlashib, uning kiyimlarini yoqib yuborgan.

Komissar voqeani «inson sodir etishi mumkin bo‘lgan eng vahshiy jinoyatlardan biri» deb atadi.

Hujumchining videokuzatuv kameralaridan olingan suratlari telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan va u haqidagi ma’lumot uchun 10 ming dollar mukofot taklif qilingan. Politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, uni poyezdlardan birida ko‘rganini aytgan maktab o‘quvchilari uning qo‘lga olinishiga yordam berishgan.

CBS News telekanaliga ko‘ra, gumonlanuvchi 2018 yilda AQShga Gvatemaladan kelgan. Hozircha unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilingani yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs va jabrlanuvchi bir-birini tanimagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring