Messi terma jamoadagi xet-triklar soni bo‘yicha Ronalduga yetib oldi
Bugun 37 yoshli argentinalik hujumchi JCh-2026 saralashi doirasida Boliviya (6:0) darvozasini uch bor ishg‘ol qildi.
Uning terma jamoa safidagi uchtadan ko‘p gol urgan o‘yinlari soni 10 taga yetdi.
Shulardan uchtasi Janubiy Amerikadagi JCh saralash bosqichi uchun (bugungi o‘yindan tashqari), bittasi Amerika Kubogida va oltitasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida kiritilgan.
39 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu ham Portugaliya terma jamoasi safida 10ta o‘yinda 3+ gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter