Mart oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekiston bo‘yicha mart oyining birinchi o‘n kunligi boshida nisbatan sovuq havo bo‘lishi kutilmoqda.
Harorat asosan kechalari -3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 7-10 daraja iliqdan 0-3 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
2-3-mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Respublika shimolida 1-mart kuni qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuqdan 7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Birinchi o‘n kunlikning ikkinchi yarmida havo harorati me’yoriy qiymatlargacha – kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
8-10-mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yana yog‘ingarchilik (yomg‘ir ko‘rinishida) bo‘lishi kutilmoqda.
Keyinchalik mart oyining oxirigacha harorat kechalari 7-12 daraja iliqdan 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublika janubida eng iliq kunlarda havo harorati 25-27 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Jahon prognozlash markazlari hisoblariga asoslanib, O‘zgidrometning dastlabki hisoblariga ko‘ra, umuman mart oyi biroz iliq oy deb baholanmoqda. O‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter