Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 25-yanvardagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi ta’sirida shakllanayotgan kutilamalarni inobatga olib asosiy stavka darajasi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Yangilangan prognozlarga ko‘ra, asosiy ssenariy bo‘yicha 2024-yilda umumiy inflyasiya 8-9 foiz, bazaviy inflyasiya darajasi esa 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
«Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha kelgusi qarorlarini umumiy inflyasiyaning yangilangan prognozlaridan kelib chiqib qabul qiladi va inflyasiyaning 5 foizlik target ko‘rsatkichiga erishish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta’minlab boradi», – deyiladi MB press-relizida.
Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2024-yil 14-martga belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter