Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab hududidan o‘quvchining jasadi topilgani haqidagi xabarga izoh berildi

Maktab hududidan o‘quvchining jasadi topilgani haqidagi xabarga izoh berildi

Foto: Xabar.uz

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktab hududida 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topilganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bayonot berdi.

Unga ko‘ra, 10-fevral kuni taxminan kechki soat 20 larda Yunusobod tumani 259-sonli umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.M. kechki nazorat olib borayotgan vaqtida ko‘chada o‘ynab yurgan bolalar kelib, unga maktab orqasida bola yiqilib yotganligini aytgan.

Shundan so‘ng Y.X. maktabning orqa tomonida bolalar aytgan joyga zudlik bilan borganda taxminan 10-11 yoshlar atrofidagi o‘g‘il bola hushsiz yotganligini ko‘rib, shu zahoti «103» raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan va tez tibbiy yordam mashinasini chaqirgan. Shuningdek, «Sobirobod» mahallasi profilaktika inspektori O.O. ga xabar bergan. Inspektor zudlik bilan yetib kelgan, ammo bola hushiga kelmaganligi va tez tibbiy yordam mashinasi kechikaverganligi sababli M.X. bolani Toshkent shahar 7-shahar kasalxonasiga mashinada olib ketgan. Bola kasalxonada tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.

«Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bola dars jarayonida vafot etmagan. Holat shanba kuni yuz bergan, bu kuni boshlang‘ich sinflarda dars mashg‘ulotlari bo‘lmaydi.

Hozirda bolaning vafoti yuzasidan Ichki ishlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini bildiramiz», deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili oktyabr oyida ham Yunusoboddagi maktablardan birida o‘quvchi vafot etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring