Makronning reytingi tarixiy eng past darajaga yaqinlashdi
Fransiya xalqining prezident Emmanuel Makronga bo‘lgan ishonch reytingi u qayta saylanganidan beri eng past darajaga yaqinlashdi. Bu haqda Le Figaro gazetasi yozmoqda.
Gazetaga ko‘ra, «Sariq jiletlilar» namoyishlari chog‘ida prezidentni ma’qullash reytingi 21 foizga tushib ketgan, uning siyosatini ma’qullash reytingi esa hozir bor-yo‘g‘i 22 foizni tashkil etadi.
Maqola mualliflarining qayd etishicha, Makronning reytingi bor-yo‘g‘i bir oy ichida uch foizga tushib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyadagi parlament saylovlarida ham Makron partiyasi yaxshi natija qayd eta olmadi. Natijada Makron tayinlagan bosh vazir Attal ishdan ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter