Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 1-3 noyabr kunlariga ob-havo prognozi tadqim etildi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo kuzatiladi.
Faqat 2 noyabrda kechasi va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni 22-25 daraja iliq qiymatiga yetadi.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtimizda 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduzi bugun va ertaga 19-21 daraja iliq, 3 noyabr yakshanba kuni 23-25 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter