Kubaga «Oskar» to‘foni keldi
Kuba sharqiy qismiga «Oskar» to‘foni yopirildi. Bu haqda Mayamidagi to‘fonlarni kuzatish milliy markazi xabar berdi.
Meteorologlarga ko‘ra, tabiat hodisasi markazi Guantanamo viloyatiga yetib borgan. Shamolning maksimal tezligi soatiga o‘rtacha 129 kilometrni tashkil etgan. To‘fonning harakatlanish tezligi esa soatiga 11,3 kilometrga yetib, janubi-g‘arb tomon ketmoqda.
«Oskar» Kuba sharqi hamda Bagama orollari janubi-sharqiy qismida talafotli suv toshqinlarini keltirib chiqarishi kutilmoqda. Sinoptiklar bergan ma’lumotga ko‘ra, bu hududlarda yog‘in qalinligi 10 santimetrdan 15 santimetrgacha yetishi mumkin.
Bir necha soat avval «Oskar» Bagama orollari bo‘ylab o‘tgan, shamolning tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter