Komil Allamjonovga suiqasd qilishda gumonlanganlarning biri qo‘lga olindi
26-oktyabr kuni Toshkent qurolli hujum sodir etgan shaxslarning biri qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ular Prezident Administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd qilishda gumonlangandi.
26-oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga qarata 2 nafar noma’lum shaxs o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahar IIBB, Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
O‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning bir nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter