Kann festivali. Eng yaxshi erkak roli uchun mukofot Antonio Banderasga topshirildi
Kann kinofestivalida eng yaxshi erkak roli uchun mukofotni Antoni Banderas («Og‘riq va sharaf» filmi, rejissyor —Pedro Almodovar) qo‘lga kiritdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Lojuvard sohilda 14-maydan beri davom etayotgan Kann xalqaro kinofestivali g‘oliblari kecha, 25-may kuni aniqlandi.
Pedro Almodovarning «Og‘riq va sharaf» dramasi iste’dodli, ammo tobora xotirasidan ayrilayotgan rejissyor haqida hikoya qiladi. Ushbu filmda bosh rolni o‘ynagan Antonio Banderas eng yaxshi erkak roli uchun mukofotlandi.
«Birgalikda ko‘p filmlarni suratga olganmiz. Unga hurmatim cheksiz. Bu mukofotni unga bag‘ishlayman... hayot yo‘lida og‘riqlar uchraydi, biroq bugun men uchun sharaf kechasi», — dedi Banderas mukofotni qabul qilib olarkan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter