Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST semizlik bo‘yicha «dahshatli o‘sish» haqida bayonot berdi

JSST semizlik bo‘yicha «dahshatli o‘sish» haqida bayonot berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, dunyo bo‘ylab milliarddan ortiq odam ortiqcha vaznga ega. Oxirgi 30 yil ichida bu ko‘rsatkich to‘rt barobardan ko‘proq oshdi.

Shunday qilib, 1990-yilda sayyoramizda 226 million semiz katta yoshlilar, o‘smirlar va bolalar bor edi. 2022-yilda ular allaqachon 1,038 mlrd.ga yetdi. 

JSST vakillarining ta’kidlashicha, semiz odamlar soni bashorat qilinganidan ancha tez o‘sib bormoqda. Ilgari milliard odam soniga 2030-yilgacha erishib bo‘lmaydi, deb ishonilgan edi.

Tadqiqot mualliflari 190 mamlakatdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan.

Ularning aytishicha, 504 million ayol va 374 million erkak semirib ketgan. Ayollar orasida semirish darajasi 1990 yildan buyon ikki baravardan ko‘proq (18,5 foizgacha), erkaklar orasida esa deyarli uch barobar (14 foizgacha) oshdi. Semirib ketgan bolalar va o‘smirlar soni 31 milliondan 159 milliongacha oshdi.

Semizlikning eng yuqori o‘sishi Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Karib dengizi, Polineziya va Mikroneziyada kuzatilgan.

«Bu mamlakatlarda semizlik darajasi ko‘plab sanoati rivojlangan, daromadi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga qaraganda yuqori», - deyiladi tadqiqotda.

Olimlar semizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni qayd etdilar. Ularning fikriga ko‘ra, oziq-ovqat tizimlarida juda tez o‘zgarishlar yuz berdi va o‘zgarishlar yaxshi tomonga emas. Semirib ketish faqat boy mamlakatlardagi muammodan global muammoga aylandi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, semirib ketish yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va saratonning ayrim turlaridan o‘lim xavfini oshiradi. Bu, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida o‘lim darajasining oshishiga hissa qo‘shdi, deb xabar beradi Lancet nashri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring