Janubiy Koreyadagi ayanchli fojia qurbonlari soni ko‘payib bormoqda
Janubiy Koreyada jala oqibatida suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 37 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
Favqulodda holat shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha 33 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi bedarak yo‘qolgan. Keyinroq Kyonsangbukdoda ikkita va Chungcheongbukdoda ikkita o‘lim tasdiqlandi.
16-iyul kuni Janubiy Koreyada yomg‘ir oqibatida ko‘chki va suv toshqini qurbonlari soni 35 kishiga yetgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, Kyonsan-Pukdo provinsiyasida 33 kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq, jami 32 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter