Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon banki O‘zbekistonda aholi ijtimoiy himoyasi uchun 100 mln dollar kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonda aholi ijtimoiy himoyasi uchun 100 mln dollar kredit ajratadi

Joriy yil 24-may kuni Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun innovatsion ijtimoiy himoya tizimi» (INSON) loyihasini amalga oshirish maqsadida 100 million dollar miqdorida imtiyozli kreditni tasdiqladi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub odamlar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va ularning sifatini yaxshilashdir.

Loyiha qo‘shimcha ravishda Jahon banki qoshidagi «Erta yoshdagi ta’lim uchun hamkorlik» ko‘p tomonlama donorlik trast jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan 2 million dollarlik grant vositasida moliyalashtiriladi. Qayd etilishicha, jamg‘arma faoliyati dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning rivojlanishi va ta’limini qamrab oladi. Ushbu mablag‘lar mahalliy jamoalar (mahallalar) darajasida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar farovonligiga ta’sirini baholash va ularning sifatini oshirish uchun yo‘naltiriladi.

«Loyiha O‘zbekistonda «g‘amxo‘rlik iqtisodiyoti» sektorining huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, u minglab odamlar, jumladan, keksa fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun haligacha mavjud bo‘lmagan zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashni qo‘llab-quvvatlaydi», - dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

Loyiha doirasida mahallalar darajasida faoliyat yuritadigan 50 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining mazkur markazlarda sifatli ijtimoiy hamda reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaxshilanadi.

Shuningdek, xususiy sektor tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning tartibga solinadigan bozorini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Loyiha ko‘magida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub fuqarolarga individuallashgan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring