Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyada O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda

Italiyada O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda

Italiyada «O‘zbekiston: sahrodagi avangard» nomli keng ko‘lamli ko‘rgazma loyihasi Florensiyadagi Uffitsii galereyasining Pitti saroyida hamda Ka Foskari universitetining ko‘rgazmalar zalida o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi. 

Zinaida Kovalevskaya asarlaridagi ustuvor mavzu yangi davr o‘zbek ayolining nafis qiyofasi bo‘lgan.

Rassom impressionizm va realizm uslubida ijoq qilib, qizlarni turli ko‘rinishlarda – dala yumushlarida, velosiped uchib, teatr maxsus o‘rindig‘ida moybo‘yoqlar orqali gavdalantirishga harakat qiladi. Uning «Hovuz bo‘yida» asarida jazirama issiq kun oromijon hovuz bo‘yida beg‘am-betashvish hordiq chiqarayotgan ikki beg‘ubor qizaloq tasvirlangan.

Loyihaning «Nur va rang» nomli Florensiya bo‘limi 16-apreldan 30-iyunga qadar Pitti saroyida jamoatchilik uchun muntazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring