Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 17 Pro Max oldingi flagmanga nisbatan «semizroq» bo‘ladi

iPhone 17 Pro Max oldingi flagmanga nisbatan «semizroq» bo‘ladi

Foto: Majin Bu/X

Xitoylik taniqli insayder Ice Universe yozishicha, Apple kompaniyasining yangi flagmani — iPhone 17 Pro Max korpusi oldingi avlod smartfoni (iPhone 16 Pro Max)ga qaraganda qalinroq bo‘ladi. Insayderning fikricha, bu smartfon batareyasi sig‘imining oshirilishi bilan bog‘liq.

Ice Universe keltirgan ma’lumotga ko‘ra, iPhone 17 Pro Max qalinligi — 8,725 mm. Solishtirish uchun: iPhone 16 Pro Maxda bu ko‘rsatkich — 8,25 mm. Smartfon korpusining qolgan o‘lchamlari iPhone 16 Pro Max bilan bir xil.

Shu paytgacha internetda iPhone 17 Pro Maxning muqobil ishlash davri uzayishi yoki uning o‘lchamlari o‘zgarishi haqida bironta xabar tarqalmagandi. Insayderning ma’lumotlari tasdig‘ini topsa, Apple flagmanlari turkumida yangi va kutilmagan o‘zgarishga guvoh bo‘lamiz.

Ice Universe qo‘shimcha qilishicha, iPhone 17 Pro Max, korpusining qalinligini hisobga olmaganda, mutlaqo yangi ultrayupqa iPhone 17 Air bilan barcha o‘lchamlar bo‘yicha mos keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring