Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB binosida aka-ukalarga kuch ishlatilganligi holati o‘rganilyapti – Ombudsman

IIB binosida aka-ukalarga kuch ishlatilganligi holati o‘rganilyapti – Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan bir muddat oldin e’lon qilingan IIB binosiga majburiy olib ketilgan aka-uka Dilmurod va Dilshod Yusupvaliyevlarga nisbatan kuch ishlatilganligi holati haqidagi xabar o‘rganilmoqda. 

Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabatida marhumning IIB binosiga kirish yo‘lagida sog‘ligi yomonlashib hushini yo‘qotgani, u shahar shifoxonasiga olib borilgani va ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida vafot etganligi qayd etilgan edi. Fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanlangan.

Holat Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

O‘z navbatida, mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsmanning nazorat xati yuborilgan.

«Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini ta’minlashni so‘raydi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring