Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlik zaxirasidagi yerni sotayotgan hisobchi qo‘lga olindi

Hokimlik zaxirasidagi yerni sotayotgan hisobchi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan hisobchi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «M.Y.» fermer xo‘jaligi hisobchisi Q.S. Sariosiyo tumani «Subhidam» mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini fuqaro B.X.ga go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 5 600 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 3 600 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring