Har bir islandiyalikning ichida bir kitob yashaydi
Islandiyaliklar eng ko‘p o‘qiydigan va yozadigan xalqlardan biridir. Hatto bu haqda shunday maqol bor: «Har bir kishining ichida bir kitob yashaydi».
Mamlakatdagi taxminan har o‘ninchi kishi hayoti davomida kamida bitta kitob nashr etadi. Bu raqam nafaqat detektiv hikoyalar, romanlar va she’riy to‘plamlardan shakllangan, balki ko‘p odamlar o‘zlarining avtobiografiyalarini yozishni yaxshi ko‘radilar.
Masalan, islandiyalik kutubxonachi o‘zining avtobiografiyasini uch jildda nashr etdi. Ular shunday deyishadi: «Sizning hayotingiz g‘ayrioddiy bo‘lishi shart emas, lekin buning aksi: hayotingiz qanchalik oddiy bo‘lsa, shunchalik ko‘p odamlar bu haqda yozadilar va bilishni istaydilar».
Qayd etilishicha, dunyoda jinoyatchilik darajasi eng past bo‘lgan ushbu mamlakatda detektiv janri eng mashhur hisoblanadi. Arnaldur Indrizason Islandiyaning eng mashhur sirli yozuvchisi. 1997 yildan beri Arnaldur har yili kitob nashr etadi va hozirda uning hisobida 21 ta detektiv hikoyasi bor va butun dunyo bo‘ylab 60 million nusxadan ortiq sotilgan. «Quriyotgan ko‘l» va «Botqoq» kitoblari uchun yozuvchi Skandinaviya adabiy mukofotini olgan.
Islandiyada kitob ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan daraxtlar deyarli yo‘q, shuning uchun aksariyat kitoblar Islandiyadan tashqarida chop etiladi.
Ular yangi yil arafasida kitob sovg‘a qilishni an’anaga aylantirishgan. Agar shu kuni bironta kitob olmasangiz, demak unutilgan inson hisoblanasiz.
Har yili noyabr oyining o‘rtalarida Islandiyadagi har bir kishi o‘z pochta qutisiga kitoblar katalogini oladi va ko‘plab islandiyaliklar uchun bu yaqinlashib kelayotgan bayramni eslatadi. Kitob katalogini olayapsizmi, xuddi boshqalar archa o‘yinchoqlarini sotib olayotganidek, demak bayram yaqinlashayotganidan darak.
Har yili 1 dekabr kuni Islandiya adabiy mukofotiga nomzodlar e’lon qilinadi: har biri uchta yo‘nalish bo‘yicha beshtadan nomzod – bolalar adabiyoti va o‘smirlar adabiyoti, badiiy adabiyot. Mukofot yanvar oyi oxirida Islandiya prezidenti qarorgohida topshiriladi.
Bundan tashqari, kitob do‘konlarida island badiiy adabiyoti, she’riyat, yoshlar adabiyoti, bolalar adabiyoti, tarjimai hol, badiiy adabiyot, tarjima bolalar adabiyoti va tarjima badiiy adabiyot kabi sakkiz nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshi kitoblari tanlab olinadi.
Nomzodlar dekabr oyi o‘rtalarida haftalik teleko‘rsatuvda e’lon qilinadi.
Lekin, internet va elektron kitoblarning paydo bo‘lishi bu yerliklarni ham avvalgidek kitobga bo‘lgan qiziqishini avvalgiga nisbatan susaytirgani bor gap, ammo bu alohida mavzu...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter