Germaniyada qancha maosh berishadi?
Germaniya moliya vazirligi 2024-yil uchun mamlakat fuqarolarining maoshlari haqidagi statistikani yangiladi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, nemislar oladigan «normal», ya’ni o‘rtachadan sal yuqori ish haqi oyiga 3444-3811 yevroni tashkil etmoqda (soliqqacha va chegirmalarsiz). Germaniya aholisining deyarli yarmi shuncha maosh oladi.
Daromadi oyiga 8736 yevrodan ko‘p bo‘lganlar eng yuqori maosh oluvchilar hisoblanadi. Germaniyada ishlovchilarning 10 foizi shu toifaga kiradi. Biroq bu toifa soliqni ham ko‘proq to‘laydi — mamlakatdagi daromad solig‘ining 57 foizi shularga to‘g‘ri keladi.
Oyiga 1884 yevrodan kam topuvchilar Germaniyada ishlovchilarning 20 foizini tashkil etib, kam daromadlilar toifasiga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter