Energetika sohasida nazorat inspeksiyasi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, Nimatullayev Ilhom Anvarovich — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter