Dunyoga yangi global epidemiya xavf solmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda davolab bo‘lmaydigan va olimlarga yaxshi ma’lum bo‘lmagan Marburg virusi epidemiyasi yuzaga kelayotgani haqida ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Ruanda Sog‘liqni saqlash vazirligi 30 ta tumandan 7 tasida kasallikni aniqlagan.
Tasdiqlangan holatlarning 70 foizdan ortig‘i Kigali shahridagi ikkita tibbiyot muassasasining tibbiyot xodimlaridir.
JSST ekspertlari infeksiyada gumon qilingan bir kishi Ruandani tark etganidan xavotirda, virusning kelib chiqishi va qanday tarqalgani noma’lum.
O‘lim darajasi 90 foizgacha bo‘lgan virusning belgilari: isitma, tomoq og‘rig‘i, toshma, burundan qon ketish, ich ketish, ko‘ngil aynishi, qusish va ko‘zdan qon ketish. Bu kasallikka qarshi hali vaksina yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter