Daniya Kosovo qamoqxonalaridan ijaraga joy oladi
Daniya adliya vaziri Piter Xummelgaard Kosovo janubi-sharqidagi qamoqxonaga bordi. Ma’lum qilinishicha, u yerga mamlakat jazoni ijro etish tizimi yukini kamaytirish uchun Daniyadan yuzlab mahbuslar yuboriladi.
«Biz Kosovoga keldik, chunki yordamga muhtojmiz. Kosovo qamoqxonalari va hibsxonalarining ortiqcha imkoniyatlaridan foydalanishni rejalashtiryapmiz. Bu qamoqxona va probatsiya xizmatlari uchun juda katta yukni boshdan kechirayotgan Daniya uchun katta yordam bo‘lardi», – dedi Xummelgaard.
Shartnoma 2021-yilda tuzilgan. Ammo amalga oshirish endigina - Kosovo parlamenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin boshlandi.
Kelishuvga ko‘ra, Prishtina Kopengagenga poytaxtdan 50 km uzoqlikda joylashgan Gnjilane shahri qamoqxonasidagi 300 ta kamerani yiliga 15 million yevro evaziga ijaraga beradi.
Kosovodagi kameralar faqat Daniyada jinoyat sodir etganlikda ayblanib, jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan xorijlik fuqarolar uchun qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter