Chek so‘ragan bolani urgan sotuvchiga ish qo‘zg‘atildi
Sirdaryo viloyatida 12 yoshli bolani yuziga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisiga ish qo‘zg‘atildi.
Bolalar ombudsmanining xabariga ko‘ra, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik sodir qilgan xatti-harakatlari uchun MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudiga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter