BYD o‘zining yangi SEAGULL elektromobilini taqdim etadi
Shahar elektromobillarining yangi standarti
6 sentyabr kuni BYD, elektromobillar va akkumulyatorlar bo‘yicha dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchisi, Toshkent City bog‘ida o‘zining so‘nggi yangiligi, BYD SEAGULLni taqdim etdi.
SEAGULL shahar elektromobillari seriyasining bir qismi sifatida shu toifadagi avtomobillar uchun standartni yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi. Bu innovatsion xetchbek faqat yuqori darajadagi «405 km Flying» komplektatsiyasida sotuvga chiqariladi. Ixchamlik va energiya samaradorligi elektromobilni shahar ko‘chalarida harakatlanish uchun ideal hamrohga aylantiradi.
SEAGULL modelining tashqi ko‘rinishi mashhur dizayner Volfgang Egger boshchiligida yaratilgan bo‘lib, aerodinamik xususiyatlarini optimallashtirish orqali samaradorlik va barqarorlik ta’minlangan. Shuningdek, uning umumiy tashqi ko‘rinishi «Dengiz estetikasi»ni aks ettiruvchi dizayn falsafasini o‘zida mujassam etgan. Salon bilan uyg‘unlashgan sportcha uslubdagi old qism elektromobilga zamonaviy ko‘rinish berib turadi. SEAGULL dizaynida muz kristali shaklidagi kunduzgi yoritgichlar qo‘llanilgan. Ushbu chiroqlar, uzaytirilgan kuzov va dinamik yon chizig‘i bilan birgalikda modelga nomi berilgan chayka qushining o‘tkir va nozik harakatlarini eslatadi. Avtomobil uch xil rangda taklif etiladi: och yashil, qora va oq ranglarda.
Yuqori darajadagi xavfsizlik va barqarorlik
BYD SEAGULL - O‘zbekistonda BYD tomonidan «e-Platform 3.0» texnologiyasi asosida yaratilgan birinchi elektromobil bo‘lib, unda xavfsizlik, samaradorlik, aqlli funksiyalar va kengaytirilgan salon dizayniga alohida e’tibor qaratilgan. «e-Platform 3.0»ning asosiy xususiyatlari Blade Battery akkumulyatori va yuqori samarali issiqlik nasosini o‘z ichiga oladi. Nihoyatda xavfsiz Blade Battery akkumulyatori, uning yassi va cho‘zilgan dizayni bilan, «e-Platform 3.0» elektromobil strukturasining mustahkamligini oshiradi va to‘qnashuv holatida yaxshiroq himoyani ta’minlaydi. U shuningdek, sohada birinchi bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulyatorlarni sovutish va isitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, qishda issiqlik samaradorligini 20% gacha oshiradi va past haroratda ham a’lo darajadagi harakat masofasini ta’minlaydi. Avtomobil kuzovining 61 foizi yuqori sifatli po‘latdan yasalgan bo‘lib, bu yo‘lovchilarni himoya qilish bo‘yicha sanoat standartlaridan ham yuqori ko‘rsatkichdir. Avtomobil, shuningdek, bir nechta xavfsizlik yostiqchalari, ilg‘or elektron barqarorlik tizimi va yangi aqlli tormoz tizimi kabi keng qamrovli faol va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Ushbu tormoz tizimi an’anaviy tizimlarga qaraganda to‘rt barobar tezroq. 150 millisekund ichida maksimal kuchga erisha oladi, bu esa favqulodda holatlarda tezkorlikni ta’minlaydi.
Ilg‘or texnologiyalar orqali yaxshilangan boshqaruv paneli
BYD SEAGULL 10,1 dyumli yonga buriluvchi sensorli ekran va aqlli ovozli yordamchi bilan jihozlangan bo‘lib, uni boshqarish uchun eng qulay avtomobillardan biriga aylantiradi. Ushbu modelni tezkor zaryadlash funksiyasi yordamida 30% dan 80% gacha atigi 33 daqiqa ichida quvvatlantirish mumkin. Elektromobil, shuningdek, turli yo‘l sharoitlariga moslashtirilgan bir nechta haydash rejimlarini o‘z ichiga oladi, jumladan ECO, NORMAL, SPORT va MUZ rejimlari. Har bir rejim avtomobilning quvvatini va boshqaruvni sharoitga mos ravishda optimallashtirish xususiyatiga ega, bu esa samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
BYD SEAGULL VTOL texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, istalgan vaqtda mobil elektr stansiyasiga aylantirilishi mumkin, bu esa tabiat qo‘ynida dam olish yoki boshqa shu kabi ehtiyojlar uchun ko‘proq qulaylik yaratadi. Bundan tashqari, ushbu modelda haydash paytida shovqin va tebranishni minimallashtirish uchun yangi texnologiyalar qo‘llanilgan. «Manba nazorati» yondashuvi va «shovqinni blokirovka qilish» konsepsiyasi avtomobildagi tebranishlar va shovqinlarni kamaytirib, boshqa modellarga qaraganda sezilarli darajada sokinroq qiladi va foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, BYDning aqlli kabinasi inson, avtomobil va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqani birlashtirib, avtomobil boshqaruvini yanada zavqli qiladi. «Salom, BYD» deb aytish kifoya; shunda turli xil vazifalarni bajarishga qodir aqlli planshet xizmatingizga hozir bo‘ladi. Tizim, shuningdek, qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydigan turli xil aqlli eshik ochish rejimlarini o‘z ichiga oladi. Smart-kalit, BYD ilovasi orqali masofaviy boshqaruv yoki NFC kalit orqali avtomobilingizni qulfdan chiqarish har doim oson. 4G masofaviy boshqaruv tizimi yordamida foydalanuvchilar deyarli istalgan joydan o‘z avtomobilini boshqarishi mumkin. Bundan tashqari, qulay interfeys o‘zbek va rus tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ovozli boshqaruv texnologiyasi esa haydovchilarga yo‘lda diqqatni jamlashga imkon berib, qulaylikni yana bir daraja oshiradi.
Asosiy xususiyatlari:
- Bir marta to‘liq quvvatlanish bilan 405 km masofa;
- 0 dan 50 km/soat tezlashuv vaqti - 4,9 soniya;
- O‘lchamlari (U/K/B) - 3770×1715×1580 (mm);
- Maksimal dvigatel quvvati: 55 (kVt);
- Akkumulyator sig‘imi: 38,88 (kV/soat);
- O‘zbek va rus tillarida interfeys qo‘llab-quvvatlanishi;
- 4G tarmog‘i, aqlli ovozli boshqaruv bilan BYD ilovasi orqali bulutli xizmat;
- NFC mobil telefon uchun;
O‘zbekiston bozoriga BYD SEAGULL elektromobilining eng yuqori komplektatsiyadagi «405 KM Flying» pozitsiyasi 208,300,000 so‘m narxda taqdim etildi. U bir qator o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lib, eng yuqori darajadagi sifat va kafolatni taqdim etadi. BYD mijozlarga faqat yuqori sifatli mahsulotlarni taklif qilishga intiladi, shuning uchun asosiy e’tibor ushbu pozitsiyadagi elektromobilga qaratildi.
«305 Vitality» va «305 Liberty» kabi pastroq konfiguratsiyaga ega modellar O‘zbekiston bozorida savdoga chiqarilmaydi. Shuning uchun, turli pozitsiyalardagi narxlarni solishtirishda ushbu ma’lumotlar hisobga olinishini so‘raymiz.
Mijozlar uchun afzalliklar:
- Bir yil davomida oylik 2 GB bepul internet trafik;
- 7 kVt quvvatli bepul quvvatlash qutisi va VtoL quvvatlash qurilmasi.
Kafolat:
- Avtomobil uchun 6 yil yoki 150 000 km;
- Elektr dvigatel, akkumulyator va elektron qurilmalar uchun 8 yil yoki 150,000 km.
Bonuslar:
- Kafolat xizmati ko‘rsatilayotgan vaqtda mijoz uchun vaqtinchalik foydalanib turish uchun boshqa BYD avtomobili taqdim etiladi.
Joriy yilda Qo‘qon, Termiz, Jizzax, Navoiy va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yangi BYD Central Asia dilerlik markazlari ochiladi, bu esa BYD mijozlariga yanada yengillik beradi. Hozirgi kunda BYD Central Asia kuniga 600 tagacha avtomobilga xizmat ko‘rsatadi, yil oxiriga kelib esa bu raqam 800 tagacha yetishi kutilmoqda. BYD Central Asia joylarda o‘z faoliyatini kengaytirar ekan, SEAGULL elektromobili barcha uchun mos va qulay tanlovga aylanadi.
BYD SEAGULL va shahar elektromobillari qatoridagi boshqa modellar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun rasmiy veb-saytimizga tashrif buyuring yoki ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring.
Ma’lumotlar uchun:
- Rasmiy ishonch telefoni: 1811
- Veb-sayt: https://bydauto.uz
- Instagram: @bydauto.uz
- Facebook: @bydauto.uz
- Telegram: https://t.me/bydautouz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter