Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi

Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani fuqarosi turmush o‘rtog‘ini 16 marotaba pichoqlab o‘ldirdi. Qotillik rashk tufayli sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qorako‘l tumani mahalllaridan birida yashab kelayotgan  49 yoshli H.O. bir necha kun ilgari 34 yoshli xotini S.E.ni rashk tufayli 16 marotaba pichoqlab o‘ldirgan.

Mahalla raisining «Xabar.uz»ga bildirishicha, har ikki fuqaro ham avvalgi turmushidan ajralgan va qonuniy nikohda ikkinchi turmush bilan yashab kelishayotgan bo‘lgan. S.E. fuqaro H.O. bilan turmush qurgach, 1 yoshga yetmagan emizikli qiz farzandi bilan ushbu xonadonga kelgan.

«Oilada yana uch farzand dunyoga keldi. Ikki qiz va bir o‘g‘il. Hozir S.E.ning farzandi 15 yoshda. Aqlli, esli, hushli qiz. Ota-onasiga mehr bilan ulg‘aydi. Uka-singillariga ham o‘zi bosh-qosh. Erkak ikkinchi guruh nogirogi bo‘lgani bois, doimiy mahalla e’tiborida bo‘lib kelgan. Ko‘mak, moddiy yordamlar berib turilgan. Yig‘in yoki tadbirlarda er-xotin ikkalasi ham birinchilardan bo‘lib kelishardi. To‘g‘risi, er-xotin o‘rtasidagi janjal, kelishmovchilik, ur-sur haqidagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmagan va bunday bo‘lmagan ham. Ayoli tumandagi ip-yigiruv fabrikasida ishlardi. Faqat H.O.da bitta ayb – o‘ta kuchli rashki bor edi. Ayolini ortidan ishxonasiga boraverar, janjal ko‘tarmasa-da, ortidan hech qo‘ymasdi. Qotillik haqida eshitib, dong qotdik», — deydi mahalla raisi.

Ayni paytda holat yuzasidan Qorako‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. H.O.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring