Buxoroda ayol ikki qizini shafqatsizlarcha kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi qiz - Fotima va Zuhrani haqoratlab, kaltaklagan ayolning videosi tarqaldi.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan tezkor o‘rganuvlar olib borilgan.
Holat Jondor tumani, Navgadi MFY, Mahmud Torobiy ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolning eri bir necha yildan buyon Rossiya Federatsiyasida ishlab kelmoqda. Ayol erining ular holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahllanib, voyaga yetmagan qizlarini urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va eriga jo‘natgan.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning Xabar.uz’ga bildirishicha, mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda holatga huquqiy baho beriladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beramiz», - dedi Shuhrat Jalolov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter