Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati agentligi 18-aprel sanasi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-21° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yogishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring