Britaniya va Fransiya harbiy hamkorlikni kuchaytiradi — Politico
Rossiya tomonidan kutilayotgan tahdidlar fonida Buyuk Britaniya va Fransiya yangi harbiy shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico manbalarga asoslanib xabar berdi.
Gazeta yozishicha, Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili «dushman sub’yektlar» tahdidi oshib borayotgan vaziyatda 2010-yilda London va Parij o‘rtasida imzolangan mudofaa shartnomasi — Lankaster kelishuvini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilayotgani haqida bayonot berdi.
Shartnomaning yangilangan matni Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan, deyiladi xabarda.
Rasmiylardan biri izohlashicha, bu rejalar Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning «diplomatiyada mudofaa rolini oshirish»ga intilishi, qolaversa, London va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini kuchaytirish istagidan dalolat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter