Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boyovut tumani hokimiga tegishli audio tarqaldi

Boyovut tumani hokimiga tegishli audio tarqaldi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralovaga tegishli ekani aytilgan audioyozuv tarqalgan edi.

Unda hokim tuman fermerlarini yig‘ib, dala shiyponida «Abdumandat ota farzandlari» fermer xo‘jaligi rahbarini so‘kib haqoratlagani eshitiladi.

Sirdaryo viloyati hokimligi Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida audioyozuvning haqqoniyligi, holat qachon, qayerda va qanday vaziyatda yuz berganligiga oydinlik kiritilib, keskin tanqidiy muhokama etilgan.

«Komissiya tomonidan ushbu xatti-harakatlar davlat xizmatchisi etikasi va odob-axloq qoidalarini buzish, deb baholandi. O‘z navbatida tuman hokimi holat bo‘yicha tushuntirish berdi. Yuzaga kelgan vaziyatdan pushaymonligini aytdi. Ikkinchi tomon bilan suhbatlashgani, o‘zaro munosabatlaridagi yoqimsiz hodisaga to‘liq barham berilganini bildirdi», deyiladi viloyat hokimligi rasmiy munosabatida.

Qayd etilishicha, yig‘ilish bayonnomasi asosida Dilfuza Uralovaga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralarini ko‘rish uchun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring