Boshqalarning yordami va millionlar
Agar siz ta’lim, tajriba, qobiliyat hamda o‘zgalarga ta’sir etishdan foydalanishni o‘rgansangiz, muvaffaqiyatga yanada tezroq va ishonchli ravishda muyassar bo‘lasiz.
Kapitan Eddi Rikkenbeykerning aytishicha, uning eng yaxshi qobiliyati «o‘zgalarning aqliy faoliyatidan do‘stona yordam ruhida foydalanish»dan iborat bo‘lgan.
– Agar men o‘zimning dollarimni sizniki bilan almashtirsam, bizda umumiy mavjud bo‘lganidan ortiqcha ololmaymiz, – degan edi Rikkenbeyker. – Ammo men o‘z g‘oyamni siznikiga almashtirsam, unda ikki barobar boy bo‘lamiz. Shuningdek, bir jamoada ishlash ─ bu biz uchun ruhiy boyligimizni bir necha barobar ko‘paytirish vositasidir.
Yodingizda bo‘lsin, ikki yoki undan ortiq hamkorlik doirasida ishlovchi kishilar bir-birini to‘ldiradi va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu bitta odamga nisbatan guruh bo‘lib ishlash natijasidir. Ammo siz boshqalarning yordamini kutar ekansiz, teppa-teng almashuvga tayyor bo‘lishingiz kerak. Bunga quruq qo‘l bilan kelishingiz mumkin emas, albatta.
Buyuklik sarchashmasi Tomas Edisonga ixtiro sifatida uning qobiliyatini yagona maqsadni amalga oshirish uchun ishlovchi alohida odamlardan iborat jamoa to‘plashiga xizmat qildi. Uning har bir a’zosi o‘z sohasida Edisondan kam bilimga ega emas edi.
Illinoys shtatining Salem shahrida yashovchi muhandis–mexanik Aloyd Uiksning miyasiga neft saqlaydigan sisterna konstruksiyasi haqida nodir fikr kelib qoldi. Ammo uni ishlab chiqish katta pul talab qilardi. Uiksning qo‘shnisi, muvaffaqiyat qozongan tish davolovchi tabibda uniki kabi muhandislik bilimlari yo‘q edi. Ammo o‘z davrida tibbiyot amaliyotida jamg‘arilgan mablag‘ bor edi. Hamkorlikda amalga oshirilgan ishga har biri o‘ziga yarasha hissa qo‘shdi va Uiks g‘oyasining amalga oshirilishi ularga oyma-oy ming dollardan sof foyda keltirdi.
Guruh muvaffaqiyatli ishlashining birinchi darajadagi ahamiyatli omili har bir a’zoning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilgan daromaddagi ishtirokidir. Aks holda ertami-kechmi, guruh albatta parokandalikka uchraydi.
Bir kuni kechki payt Genri Ford o‘zining zavodida sayr qilar ekan, farrosh bilan gaplashish uchun to‘xtadi.
– Senga ishing yoqadimi? ─ deb so‘radi undan Ford.
– Ha, ─ deb javob berdi farrosh, ─ agar mana bu metall qipiqlarini tashlash o‘rniga sotsangiz-u, olingan pulning bir qismini menga berganingizda, menga yanada ko‘proq yoqqan bo‘lardi.
Ford ertasi kunniyoq ushbu g‘oyani amalga oshirishga kirishdi. Bu esa kompaniyaga muayyan mablag‘ni tejash hamda farroshga xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish imkonini berdi.
Muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish uchun nima talab etiladi o‘zi? Sizga kerak bo‘lgan narsa boshqada bormi? Evaziga nimani taklif qila olasiz? Ehtimol, sizda bor narsa boshqa biror kishiga kerakdir va uning aynan o‘zidir?
Bunday holatda siz imkoniyatlaringizni jamlashingiz va muayyan darajada muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kurashingizni yengillashtirishingiz kerak.
Eski naql juda to‘g‘ri aytilgan: «Bitta kalla yaxshi, ammo ikkitasi undan ham yaxshi!»
(Napoleon Xill kitobidan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter