Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolasini muttasil kaltaklab kelgan onaga hukm o‘qildi. U onalik huquqidan ham mahrum qilinishi mumkin

Bolasini muttasil kaltaklab kelgan onaga hukm o‘qildi. U onalik huquqidan ham mahrum qilinishi mumkin

Joriy yilning avvalida Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi va bu holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi, «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilgan edi. 

Bolalar ombudsmani bergan xabarga ko‘ra, tergov davomida ayblanuvchiga Jinoyat kodeksning 104-moddasi bo‘yicha (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ham ayb e’lon qilingan. Bunga bolaga nisbatan belgilangan sud-tibbiy ekspertizasining salbiy xulosalari sabab bo‘lgan. Ekspertiza bolaga «o‘ng son suyagining yuqori uchligi qismidan ko‘ndalang yopiq sinib siljishi» tashxisini qo‘ygan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, joriy yilning 2-may kuni chiqarilgan sud hukmiga ko‘ra S.N. JKning 104-moddasi 2-qismi, «v» bandi 3 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

2018-yilda tug‘ilgan S.F. ga esa Shofirkon tumani «Inson» ijtimoiy markazi tomonidan dastlabki tarzda vasiy sifatida B.Z. (ayol) tayinlangan va bola uning qaramog‘iga topshirilgan.

«Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan S.N. ni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring