Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2024-yil 4-iyundagi hukmiga muvofiq M. Maxsudov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 2-qismi bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismi bilan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi.
M. Maxsudov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari, 165-moddasi 2-qismi «b» bandi va 167-moddasi 2-qismi «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
M.Maxsudov tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter