Bektemir Meliqo‘ziyev Qozog‘iston prezidenti kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda o‘tkazilgan boks bo‘yicha nufuzli «Prezident kubogi» turniri yaunlandi.
Bugun musobaqaning hal qiluvchi final janglari o‘tkazildi.
Finalga yetib kelgan o‘zbekistonlik uch bokschining ikki nafari hal qiluvchi bahsda mag‘lub bo‘ldi. Oltmish kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jang qilgan Shunqor Abdurasulov rossiyalik Gabil Mamedovga imkoniyatni boy berdi.
Yana bir umidli bokschimiz Iqboljon Xoldorov esa uchinchi raundning o‘rtalarida qoshidan jarohat oldi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Bokschilarimiz orasida Bektemir Meliqo‘ziyevgina oltin medalni qo‘lga kirita oldi. U qozog‘istonlik Bek Nurmagambetga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va musobaqa shohsupasiga ko‘tarldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter