AQSh termasidagi xitoyliklar: qadriyatga aylangan ilm

2023-yil aprelida Sloveniyaning Portoroj shahrida XII xalqaro qizlar matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada birinchi o‘rinni Xitoy terma jamoasi egallagan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlar AQSh va Avstraliya terma jamoalariga nasib qildi.
E’tiborli jihati nimada? AQSh va Avstraliya terma jamoalari tarkibida.
AQSh terma jamoasi
Isabella Zhu
Kristie Sue
Jessica Wan
Vivian Loh
Avstraliya terma jamoasi:
Eunsu Choi
Xiangyue (Laura) Nan
Cloris Xu
Iris Xu
Bu yerda bir omil o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega: millat qadriyatlari! Agar millat ilmning eng oliy qadriyat hisoblasa va ijtimoiy hayotining bir qismi deb hisoblasa, Amerikada yashaydimi yoki Avstraliyada, o‘zini har sohada ko‘rsata oladi. Ilm-fanni oliy qadriyatga aylantira olmagan millat (jamiyat, davlat) o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Men Xitoyda ko‘p yillar ishlaganman. Katta o‘g‘lim Xitoy maktabida (uyg‘ur sinfida) bir mavsum o‘qigan. Bu millatning ilm-fanga munosabatini juda yaxshi bilaman. Maktab bu millat uchun alohida muqaddas maskan. Har ota-ona nafaqat qalbi, balki butun vujudi bilan maktabni hurmat qiladi. Ustozlarga qo‘pollik qilish tugul, yomon so‘z aytishga ham uyaladi.
Yana bir jihat. Yirik supermarketlarda birinchi bo‘limda – kiraverishda kitoblar sotiladi. Turfa yoshdagi bolalar tik turib, o‘tirib, yotvolib kitob o‘qiydi. Sotib oladimi-yo‘qmi, ikkinchi masala, hech kim kelib “olmasang kitobni joyiga qo‘y, yirtib, buklab, mijiqlab... qo‘yasan!” demaydi.
Endi bir o‘ylab ko‘raylikda. Ilm ortidan quvgan millat rivojlanmay yana kim rivojlansin?! Ilm-fan qadriyatga aylanmas ekan, ko‘p narsalarda yutqazamiz.
Xulosa o‘zingizdan.
Baxtiyor Abdug‘ofur
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter