Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» AJ IBM kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi

«O‘zmilliybank» AJ IBM kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi

Shu kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN tadbiri doirasida «O‘zmilliybank» AJ va IBM kompaniyasi o‘rtasida mamlakatimiz bank tizimida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etishda yangi bosqichni ochadigan hamkorlik Kelishuvi (Memorandum) imzolandi.

ICTWEEK UZBEKISTAN — O‘zbekiston Respublikasida 2004 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib, xalqaro tajriba almashish va respublikaning AT-sohasidagi yutuqlarni yoritib berish, shuningdek, AT-bozorining jozibadorligini xorijiy investorlarga namoyish etish uchun mukammal platforma hisoblanadi.

Kelishuv doirasida IBM kompaniyasi Sun’iy Intellekt texnologiyalarini qurish va joriy etish bo‘yicha mavjud ilg‘or tajribani «O‘zmilliybank» AJ ekspertizasi bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda.

Sun’iy intellekt va mashinalar yordamida o‘rganish texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorligi oshirilayotgan biznes vazifalar va servislarni tahlil qilish bo‘yicha bir qator qo‘shma seminarlar o‘tkazish, shuningdek, bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va samaradorligini baholash bo‘yicha sinov loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Kelishuvga muvofiq, qo‘shma sinov loyihasini (Minimal Viable Product (MVP) deb ataladigan prototip) amalga oshirish rejalashtirilgan. Uning maqsadi sun’iy intellekt va mashina yordamida o‘rganish texnologiyalaridan foydalanishning texnologik va sifatli imkoniyatlarini tasdiqlashdir.

Mamlakatimiz bank tizimi o‘zining keyingi rivojlanish bosqichiga o‘tayotganini alohida ta’kidlash lozim. Bu, albatta, ushbu sohada milliy iqtisodiy va texnologik ehtiyojlarga mos o‘zgarishlarga zamin yaratadi.

Tabiiyki, har qanday sohada bo‘lgani kabi bank tizimiga ham ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi, uni tubdan o‘zgartirib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirish, yanada yuqori bosqichga olib chiqishi, shubhasiz.

Ushbu kelishuv doirasida IBM kompaniyasi tomonidan «O‘zmilliybank» AJ uchun rejalashtirilgan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, Tomonlar hamkorlikni nafaqat 2024-2025-yillarda, balki uzoq muddatlarda ham davom ettirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring