Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ETK muhandislari ushlandi

Andijonda ETK muhandislari ushlandi

Andijon viloyatida tadbirkorning 20 mln so‘mini olgan ETK muhandislari qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Sh.V. «X.T.» MChJga qarashli umumiy ovqatlanish oshxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishi evaziga korxona rahbari X.T.ning 20 mln so‘mini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ filiali ma’muriy binosi oldida davom etgan tadbirda, Xo‘jaobod ETKning yana bir muhandisi A.A. muhandis Sh.V.dan 20 mln so‘mni olib, shundan 5 mln so‘mini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring