Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon viloyati IIBning sobiq moliyachilari 5,6 mlrd so‘mni «tuya» qilishgan

Andijon viloyati IIBning sobiq moliyachilari 5,6 mlrd so‘mni «tuya» qilishgan

Andijon viloyati prokuraturasi viloyat IIBning sobiq xodimlariga doir jinoyat ishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilgan.

Xususan, tergovda fuqaro M.M. va boshqalar tomonidan viloyat IIB depozit hisobidagi jami 5,6 mlrd so‘mlik pul mablag‘i o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Tergov natijasiga ko‘ra, viloyat IIB Moliya ta’minot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari M.M., buxgalteriya hisobi va hisobot bo‘limi sobiq boshlig‘i D.A., IIB MTX sobiq xodimi Sh.M., MIB Andijon shahar bo‘limi sobiq ijrochisi Sh.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilingan hamda ayblanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

«Ayblanuvchilarning aybi jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan o‘z tasdig‘ini topgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilib, xozirda sud muhokamasi o‘tkazilyapti», – deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring